Navoiydagi dahshat: 6 oylik bolasining yig‘isiga chidolmagan erkak og‘ziga paypoq tiqib o‘dirib qo‘ydi!

Navoiydagi dahshat: 6 oylik bolasining yig‘isiga chidolmagan erkak og‘ziga paypoq tiqib o‘dirib qo‘ydi!

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida o‘zining 6 oylik o‘g‘lining o‘limiga sabab bo‘lgan erkakka nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud materiallariga ko‘ra, hodisa joriy yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan. Erkak dam olish uchun xonasiga kirganida chaqaloqning yig‘laganidan jahli chiqqan.

U bolaning og‘ziga paypoq tiqib, uni kuch bilan silkitgan. Natijada chaqaloqning boshi divanga urilgan va u og‘ir tan jarohati olgan.

Bola shifoxonaga olib borilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Chaqaloq bir necha kundan so‘ng vafot etgan.

Sud erkakni ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirishda aybdor deb topdi va unga 15 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar