Noqonuniy qurilish qimmatga tushdi

Noqonuniy qurilish qimmatga tushdi

Qonunchiligimizda, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish uchun javobgarlik belgilangan.

Fuqaro M.R. xonadoni yonidagi 87 kv. metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, omborxona qurganligi sababli, sud qaroriga asosan mazkur noqonuniy qurilmani buzdirish belgilandi.

Mazkur sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limiga yuklatildi.

Ijro harakatlari natijasida mazkur noqonuniy qurilma javobgar hisobidan buzdirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi.

Sud qarori talabi belgilangan muddatda bajarmagan javobgar ijro yig‘imi ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar