Bloger Aziz Hakimov 4 yildan ortiq muddatga qamaldi

1 daqiqa o'qish255
Bloger Aziz Hakimov 4 yildan ortiq muddatga qamaldi

Bloger Aziz Hakimovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisida Aziz Hakimovga doir jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror e’lon qilingan.

Sud jarayonida Hakimov Jinoyat kodeksining 150-moddasi, ya’ni urushni targ‘ib qilish bilan bog‘liq ayblov bo‘yicha oqlangan. Sud uning harakatlarida mazkur jinoyat tarkibi mavjud emas, degan xulosaga kelgan.

Biroq bloger Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan tuhmat, 140-moddasi 2-qismidagi haqorat qilish hamda 156-moddasi 2-qismidagi milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sud tomonidan jazolarni qisman qo‘shish tartibida Aziz Hakimovga yakuniy 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni o‘tash muddati 2025 yil 26 sentyabrdan hisoblanishi belgilangan.

Shu bilan birga, sud hukmiga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligiga bloger tomonidan Telegram messenjerida yuritilgan «Comrade_Aziz» kanalini bloklash majburiyati yuklatilgan.

Ish doirasida jabrlanuvchi deb topilgan olti nafar shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Shuningdek, sudlanuvchiga hukm ustidan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berish tartibi va muddatlari ham ma’lum qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?