Afg‘onistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonning 12 hududida sezildi

Afg‘onistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonning 12 hududida sezildi

27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:34 da O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yer silkinishi sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Afg‘onistonning Badaxshon hududida, Toshkentdan 499 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.

Zilzilaning magnitudasi 6,8 ni tashkil etgan. Yer silkinishi 224 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Epitsentr koordinatalari 36,84 shimoliy kenglik va 70,19 sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi.

Silkinish eng kuchli Surxondaryo viloyatida sezilib, 4–5 ballni tashkil etgan. Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida zilzila kuchi 4 ballga yetgan.

Andijon va Namangan viloyatlarida 3–4 ball, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida 2–3 ball, Navoiy va Buxoro viloyatlarida esa 2 balllik silkinish qayd etilgan.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar