Xatirchida olti oylik o‘g‘lini o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi olti oylik o‘g‘lini o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirishda aybdor deb topilgan 33 yoshli erkakni 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi Nuz.uz.
Fojia 2026 yil 9 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Sud materiallariga ko‘ra, erkak dam olishiga xalaqit bergan bolaning yig‘isidan jahli chiqqan. U qarindoshlari ko‘z o‘ngida chaqaloqning og‘zini paypoq bilan berkitgan va uni bir necha marta qattiq silkitgan. Shu paytda bolaning boshi divanning yog‘och qismiga urilgan va u og‘ir tan jarohatlari olgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida chaqaloq og‘ir bosh miya jarohati, qon quyilishi, bosh miya va o‘pka shishi hamda o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgani ko‘rsatilgan.
Sud erkakni ojiz ahvolda ekani oldindan ayon bo‘lgan shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirishda aybdor deb topdi. Unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Dastlab jinoyat ishi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasi bilan qo‘zg‘atilgan. Chaqaloq vafot etgach, ayblov qasddan odam o‘ldirish moddasiga o‘zgartirilgan































Izohlar 0
…