Qo‘y sotib olish bahonasida taksichini o‘ldirgan yigit 20 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish237
Qo‘y sotib olish bahonasida taksichini o‘ldirgan yigit 20 yilga qamaldi

1999 yilda tug‘ilgan Jizzaxlik yigit Samarqandga borish maqsadida taksiga o‘tiradi. Yo‘l davomida u 77 yoshli haydovchining yonida pul borligini ko‘rib, jinoiy niyatini amalga oshirishga qaror qiladi.

U haydovchiga tog‘li hududdan qo‘y sotib olmoqchi ekanini aytib, odamlar deyarli yashamaydigan yaylovga borishni taklif qiladi. Buning uchun yo‘l haqiga qo‘shimcha pul berishini ham va’da qiladi.

Manzilga yetib borgach, yigit keksa haydovchiga hujum qilib, uni o‘ldiradi. Shundan so‘ng marhumning puli, telefoni va avtomobil kalitlarini olib, uning Nexia-3 rusumli mashinasida hodisa joyini tark etadi.

Eng achinarlisi, u qotillikdan so‘ng ham mazkur avtomobilda yo‘lovchilar tashib, o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishga uringan. Biroq uning bu harakati uzoqqa bormadi. Yigit Samarqand shahrida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qo‘lga olingan.

Sud hukmiga ko‘ra, u qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik hamda avtomobilni olib qochishda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?