Oqqo‘rg‘onda kredit qarzdorligi uchun garovdagi bino 1 mlrd. 499 mln. so‘mga sotildi

Oqqo‘rg‘onda kredit qarzdorligi uchun garovdagi bino 1 mlrd. 499 mln. so‘mga sotildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.S. MCHJ va qo‘shimcha qarzdor B.E.dan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga jami 1.139.263,2 ming so‘m kredit qarzdorlik undirish va undiruvni garov mulki  hisoblangan B.E.ga tegishli Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani,  “Birlik” mahallasida joylashgan  noturar joy binoga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor va garov mulk egasi tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan garov mulk egasi B.E.ga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga  qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor va garov mulk egasi tomonidan kredit qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki elektron onlayn auksion orqali sotuvga chiqarilib, 1.499.553,0 ming so‘mga sotilgan.

Sotuvdan tushgan pul mablag‘ini undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga o‘tkazilib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi amalda tamomlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar