Bankdan olingan kredit qarzi evaziga Malibu auksionda sotildi

Hashamatli avtomobil minish, albatta, yaxshi. Ammo bankdan olingan mablag‘ evaziga xarid qilingan mulk yoki moliyaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmasa, buning oqibati ham bo‘ladi. Bank oldidagi qarzdorlik sabab navbatdagi Malibu avtomobili ham auksion savdosida sotildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor M.A.dan undiruvchi Kapitalbank bank foydasiga 298.9 mln so‘m asosiy qarz, undirish belgilangan.
Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, M.A.ga tegishli bo‘lgan Malibu avtotransporti davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olindi hamda 216.6 mln so‘mga elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotildi.































Izohlar 0
…