Ma’naviy zararni undirish bilan bog‘liq ijro ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 4 oktyabr kuni «Dok-1 Maks» dori vositasidan jabrlanganlarga nisbatan kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilmayotganligi haqidagi xabarlar yoritildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hamda JIB Uchtepa tuman va Qarshi shahar sudlarining ijro hujjatlariga asosan javobgarlar R.Singh, S.Kariyev va boshqalardan 85 nafar fuqarolar foydasiga jami 78 mlrd so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mavjud.
Ijro harakatlari davomida ushbu turar va noturar mulklar belgilangan tartibda xatlanib, Qatortol 3-tor ko‘chasidagi xonadonlar 7 mlrd. so‘mga va “Beshyog‘och" MFY, Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi 1,1 mlrd so‘mga baholangan va auksion savdolariga chiqarilgan.
Shundan “Beshyog‘och” MFY, Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi 18.11.2025 yilda 793,1 mln so‘mga sotilgan.
Auksion savdolari orqali sotilgan va qarzdor S.Kariyevning oila a’zolari tomonidan to‘langan barcha pul mablag‘lari hisobidan undiruvchilarga jami 16,7 mlrd so‘m pul mablag‘lari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 80-moddasiga asosan, barcha undiruvchilarga teng taqsimlangan.
Hozirgi kunda bo‘lim ish yurituvida S.Kariyev va boshqalardan jami 61,3 mlrd so‘m zarar undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…