Bog‘otda ota chet davlatga chiqib ketishi uchun 100 mln so‘m aliment pulini oldindan to‘ladi

Bog‘otda ota chet davlatga chiqib ketishi uchun 100 mln so‘m aliment pulini oldindan to‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom mazmun-mohiyatini aholiga, ayniqsa aliment to‘lovchi fuqarolarga yetkazish borasida qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasini Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi misolida ko‘rishimiz mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 22.12.2020 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor X.D.dan undiruvchi A.X. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud hujjati Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga nisbatan cheklov o‘rnatilgan.

Davlat ijrochisi Q.Tillayev tomonidan olib borilgan tushuntirishlar va ijro harakatlari natijasida qarzdor X.D. Rossiya shahriga ketib ishlash istagi borligini bildirgan va o‘ziga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishni so‘ragan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi 5 yillik aliment to‘lovini hisob-kitob qilgan va undiruvchi bilan qarzdor o‘zaro kelishganligi sababli, qarzdor X.D. oldindan 100 mln so‘m aliment pulini to‘lab bergan va undiruvchi A.X. ijro hujjatini qaytarib olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar