Aliment to‘lamasangiz nima bo‘ladi?

Jamiyat1 daqiqa o'qish23
Aliment to‘lamasangiz nima bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aliment to‘lash majburiyatini bajarmaslik qonunchilikda belgilangan to‘rt bosqichli javobgarlik choralariga sabab bo‘ladi.
  • Dastlabki bosqichda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanib, keyinchalik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47⁴-moddasiga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin.

Ayrimlar aliment qarzini keyinroq to‘lash mumkin, deb o‘ylaydi. Ammo qonunchilikda aliment to‘lash majburiyatini bajarmaslik uchun bir nechta javobgarlik choralari belgilangan. Bu jarayon to‘rt bosqichda namoyon bo‘lishi mumkin.

1-bosqich. Chet elga chiqish cheklanadi.

Aliment bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelsa, Majburiy ijro byurosi qarzdorning mamlakatdan chiqishini vaqtincha cheklashi mumkin. Qarz bartaraf etilmaguncha chet elga chiqish imkoniyati cheklanadi.

2-bosqich. Ma’muriy javobgarlik.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47⁴-moddasiga muvofiq, sud qarori bilan belgilangan alimentni to‘lamaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda ma’muriy jazo, jumladan, bir necha sutkaga ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin.

3-bosqich. Jinoiy javobgarlik.

Jinoyat kodeksining 122-moddasida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash davom etsa va to‘lov ikki oydan ortiq muddatga kechiksa, jinoiy javobgarlik masalasi yuzaga keladi. Jazo sifatida ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilanishi mumkin.

4-bosqich. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish.

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-onalik majburiyatlarini, jumladan, aliment to‘lash majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxs ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Bunda bir jihatni unutmaslik kerak: ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lish aliment to‘lash majburiyatini bekor qilmaydi. Aliment qarzi va to‘lov majburiyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga, shaxs farzandiga nisbatan ota-onalik huquqlarini yo‘qotadi. Keyinchalik voyaga yetgan farzandidan moddiy ta’minot talab qilish huquqidan ham mahrum bo‘lishi mumkin.

Aliment sobiq turmush o‘rtoq uchun emas, farzandning ta’minoti uchun to‘lanadi. Uni o‘z vaqtida to‘lash ota-onaning qonuniy majburiyatidir.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?