Alimentdan qarzi bo‘lgan otaning qochishi uzoqqa cho‘zilmadi

Qonun talablaridan bo‘yin tovlash, zimmasidagi majburiyatlardan qochish va uzoq vaqt davomida yashirinib yurish qarzdorni javobgarlikdan ozod etmaydi.
Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida uzoq vaqt davomida yashirinib kelgan qarzdorning turgan joyi aniqlanib, o‘z uyiga qaytarildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor J.D.dan undiruvchi S.S.ning foydasiga aliment to‘lash belgilangan.
Shunga qaramasdan qarzdor aliment pulini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 245,9 mln so‘mni tashkil etgan. Qarzdorning yashash manzili aniqlanmaganligi sababli ushbu qarzdorlikni undirish imkoni bo‘lmagan va unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Amalga oshirilgan harakatlar natijasida qarzdor Toshkent shahridagi Qurilishda topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shundan so‘ng, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l shahar sudiga yuborildi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…