date

Kichik korxonalar xodimlari soni bitiruvchilar hisobiga oshadi

Kichik korxonalar xodimlari soni bitiruvchilar hisobiga oshadi

O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mikrofirma va kichik korxonalar kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga olayotganda endilikda o‘rtacha yillik xodimlari sonining 50 foizgacha (avval 20 foizgacha bo‘lgan) bo‘lgan miqdorida qo‘shimcha ishchilarni ishga olishi mumkin bo‘ladi, Bu haqida «Norma.uz»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Bu yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, misol uchun, ishlab chiqarish sohalarida o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishidan ortiq bo‘lmagan mikrofirmalar qo‘shimcha yana 10 kishini ishga olishlari mumkin bo‘ladi.

Engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati, qurilish materillari sanoati, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadigan, xodimlarining o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lmagan kichik korxonalar qo‘shimcha yana 50 kishini ishga olishlari mumkin bo‘ladi.

Xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik liseylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘qishni tugallagan kunidan boshlab ko‘pi bilan uch yil o‘tmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

Bu uch yil muddat o‘tgandan so‘ng, yuqorida tilga olingan ta’lim muassasalarini tamomlagan shaxslar endi “bitiruvchi” maqomiga ega bo‘lmaydilar, bunday shaxslarni ishga olgan yoki korxonada uch yildan ko‘p ishlagan xodim bilan mehnat shartnomasi tuzgan korxona yuqoridagi imtiyozdan foydalana olmaydi.

Agar mikrofirma yoki kichik korxona tomonidan ishga olingan xodimlar soni belgilangan o‘rtacha yillik xodimlar sonidan oshib ketgan bo‘lsa, ular shu cheklov oshib ketgan muddatga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz, kafolat va huquqlardan mahrum bo‘ladilar. Shuningdek, ularga soliqqa tortish borasida ham tegishli choralar ko‘riladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kichik korxonalar xodimlari soni bitiruvchilar hisobiga oshadi