Foto: «Sunhome.ru»
Kanadalik olimlarning fikricha, koronavirusni yuqtirganda ko‘zlarning o‘zgacha qizarishi COVID-19 alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Qayd etilgan ilk virusli keratokon’yunktivit haqida Kanada oftalmologiya jamiyati jurnalida chop etildi.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, noma’lum alomat 29 yoshli bemorda aniqlangan. Uning o‘ng ko‘zi qizargan, suvsimon ajralma oqqan va yorug‘likka qaray olmagan. 29 fevralda Kanadaga qaytgunga qadar u bir oy Filippinda va bir kun San-Fransiskoda bo‘lgan. 1 mart kuni unda tumov, yo‘tal va kon’yunktivit rivojlangan. Ayol isitmadan shikoyat qilmagan. Lekin isitma tushiruvchi preparat qabul qilganini tan olgan: dori yuqori tana haroratini yashirgan bo‘lishi mumkin.
Bir necha kundan so‘ng alomatlar yomonlashgach, bemor oftalmologiya klinikasiga yuborilgan. Ko‘zlaridan olingan surtmada SARS-CoV-2 chiqqan. Mualliflarning yozishicha, bu holat COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun o‘zgacha kasallik alomatlarini aniqlashda qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligini anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”