Yakutiyada erkakning ko‘zida daraxt urug‘i 4 oy davomida o‘sdi

Yakutiyada erkakning ko‘zida daraxt urug‘i 4 oy davomida o‘sdi

Rossiyaning Yakutiya hududida shifokorlar erkakning ko‘z to‘qimasida o‘sib chiqqan daraxt urug‘ini olib tashlashdi. Hayratlanarlisi, urug‘ uning ko‘zida to‘rt oy davomida o‘sgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea o‘rmonda sodir bo‘lgan. Erkakning ko‘ziga daraxt shoxi tegishi oqibatida qovog‘i ostiga urug‘ kirib qolgan. Dastlab bu holatga e’tibor berilmagan, biroq vaqt o‘tishi bilan uning boshi va ko‘zi og‘riy boshlagan.

Shifokorlar tekshiruv o‘tkazganida, ko‘z to‘qimasi ichida urug‘ unib chiqqani aniqlangan. U to‘rt oy ichida taxminan 3 millimetrgacha o‘sgan.

Mutaxassislar urug‘ni mahalliy og‘riqsizlantirish yordamida igna orqali olib tashlashgan.

Ma’lum qilinishicha, muolajadan so‘ng erkakning ko‘zi yaxshi holatda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar