11:25 / 16.01.2022
1 230

Shavkat Mirziyoyev kuch tuzilmalari qoshidagi akademiyalarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev kuch tuzilmalari qoshidagi akademiyalarni tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida kuch tuzilmalari qoshidagi akademiyalar faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida namoyish etilgan «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Hozirda zamonaviy moddiy texnik o‘quv bazasiga ega bo‘lgan yangi Qurolli kuchlar akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari faoliyat yuritmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu akademiyalarning qoniqarli emasligini tanqid ostiga oldi.

«Eng katta narsa — o‘qituvchi kerak, salohiyatli o‘qituvchi. Agar ilmiy salohiyatli bo‘lmasa bugungi tahdidlarda bardosh berolmaymiz. Ko‘rib turibsizlar nima bo‘lyapti vaziyat. Man yana bir marta aytaman, tankni o‘rgatish kerak emas, kosmosni o‘rgatish kerak.

Nimaga vazirlar qiynalmaydi, nimaga vazirlar ichkariga kirmaydi? Nega prezident Temurbeklar maktabiga borishga vaqt topa oladi-yu, vazir vaqt topa olmaydi?

Hammangizga vazifa, eng kamida oyda bir marta kengashimizda bitta akademiyani faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqamiz. Agar tahlil qilib bo‘lmasa yopish kerak akademiyani, maktab qilish kerak — maktablar yetishmaydi bizda
», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev kuch tuzilmalari qoshidagi akademiyalarni tanqid qildi