O‘zbekistonlik olimlar sigir va echkilarni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlash orqali koronavirusga qarshi neytrallashtiruvchi antikorlari bo‘lgan sutni ishlab chiqdi. Bu bo‘yicha bioRxiv jurnalida maqola e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, tadqiqotchilar COVID-19 ga qarshi emlangan yoki kasallikdan tuzalgan ayollarning sutida koronavirusga antikor borligini payqagan. Shunda koronavirusga qarshi emlangan sigir va echki sutidan aholining immunitetini oshirishda foydalanish taklif qilingan.
Olimlar uy echkilari va sigirlarini o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan uch marta emlagan. Birinchi emlashdan ikki hafta o‘tgach, jonivorlar tanasidagi zardobda neytrallashtiruvchi antikorlar aniqlangan. Tajribalar antikorlar koronavirusni muvaffaqiyatli zararsizlantirishini ko‘rsatgan. Samaradorlik qon zardobida 100 foizga, sutda 40 foizga yetgan.
«Haqiqatan ham biz iste’mol qiladigan sutda antitanalar mavjud. Agar siz sigir yoki echkini kovidga qarshi vaksina bilan emlagan bo‘lsangiz, ularda sezilarli miqdorda antitanalar bo‘ladi. Bundan tashqari, sigir sutida odatda sigir patogenlariga qarshi boshqa antitanalar mavjud», — degan Moskva fizika-texnika instituti genomik muhandislik laboratoriyasi mudiri Pavel Volchkov.
Tadqiqot O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy granti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Vazirlik va Avstriya tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Tadqiqot konseptsiyasi va natijalari patentlash uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga taqdim etilgan.
bioRxiv jurnali 2013 yil noyabrida Jon Inglish va Richard Sever tomonidan asos solingan biologiya fanlari uchun ochiq va bepul ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Arxiv Meta kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan tomonidan tashkil etilgan Chan Zuckerberg Initiative fondi bilan hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi