date
views 1 283

«Zakovat»: bosh mukofotni qozogʻistonlik «Oddiy mehnatkashlar» olib ketishdi

«Zakovat»: bosh mukofotni qozogʻistonlik «Oddiy mehnatkashlar» olib ketishdi
24-25 sentyabr kunlari Toshkentda ilk bor «Zakovat» oʻyinining sport turi boʻyicha Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etdi. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etdi.

Chempionat Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda «Zakovat» nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent Botanika bogʻi musobaqalar oʻtkaziladigan sport maydonchasiga aylandi. Bu erda kubokni yuqori saviyada oʻtkazish, ishtirokchilarning dam olish paytlarida qulaylik yaratish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Har bir mamlakatdan milliy terma jamoalar bilan bir qatorda eng nomdor jamoalar bilan ham ishtirok etdi. Masalan, 2019 yilda intellektual oʻyinlar boʻyicha mamlakat chempioni boʻlgan «Monopoliya» jamoasi oʻyinchilari Qirgʻiziston kubogi uchun kurash olib borishdi. Qozogʻistondan – amaldagi vise-chempionlar (2019), shuningdek, Markaziy Osiyo ligasining ikkinchi mavsumi chempioni «Erudit» jamoasi kurashdi. Jumladan, Tojikiston vakili sifatida ikki karra vise-chempion «Avesta» jamoasi qizgʻin bahslarda ishtiokchisi boʻldi. Oʻzbekiston terma jamoalari orasida ham yulduzlar koʻp. Ulardan biri bu yil «Zakovat» boʻyicha mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan va jahon chempionatida respublikamiz nomidan zakovat yuritgan «Nima? Qaerda? Qachon?" jamoasi boʻldi.

Musobaqaning birinchi kunida «Erudit kvinteti» saralash oʻyinlari, «Breyn ring»ning chorak va yarim final oʻyinlari, shuningdek, «Zakovat» oʻyinining ikki turi oʻtkazildi.

Ikkinchi kuni «Erudit kvinteti»ning yarim final va finali, «Zakovat»ning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi bosqichlari hamda «Breyn ring» finali boʻlib oʻtdi va yakuniy gʻoliblarni aniqladi.

Chempionat yorqin shou-dastur bilan yakunlandi, uning har bir chiqishi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati simbioziga asoslangan.
Koʻtarinki a'lo kayfiyat ruhida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Uchinchi oʻrinni «Misteriya» jamoasi egallab, 40 million soʻm sovrindoriga aylandi. Mukofotni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi direktori oʻrinbosari Xushnudbek Xudoyberdiev topshirdi.

Ikkinchi oʻrinni Oʻzbekistonning «Biz» jamoasi (Oʻzbekiston) qoʻlga kiritdi. Ularga 60 million soʻm pul mukofotini Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi direktori Nozima Davletova topshirdi.

Musobaqa gʻoliblari – Qozogʻistonning «Oddiy mehnatkashlar» jamoasiga «Zakovat» intellektual harakat prezidenti Abdurasul Abdullaev tomonidan 100 million soʻm miqdoridagi birinchi oʻrin mukofoti topshirildi.

Bosh sovrin – Kubok uchun bahs oldidan yana bir «rejadan tashqari» jamoa – KVN afsonasi «Azia miks» jamoasining maftunkor chiqishi boʻldi.

Bosh sovrin – Kubok uchun kechgan bahsda Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari zukkolar bahsida toʻqnash kelishdi.

Birinchi turda 5 ochkogacha Oʻzbekiston peshqadamlik qildi. Biroq keyin qozogʻistonlik oʻyinchilar 2 ochkoni qoʻlga kiritishdi. Shunday boʻlsada keyingi savolda bizning terma jamoa gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Ikkinchi turda jamoalar teng boʻlishdi. Biroq ustunlik mehmonlar tomonga oʻtdi va hisob 1:1 boʻldi. Hal qiluvchi uchinchi turda Qozogʻiston jamoasi gʻoliblikka toʻlaqonli haqli boʻlishdi.

Markaziy Osiyo gʻoliblariga Kubokni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov topshirdi.

Ma'lumot uchun: Zakovat kubogi yuqoriga intilayotgan beshta oltin nur ustunini ifodalaydi. Har bir ustun ishtirokchi mamlakat ramzi boʻlib, nurlar azaldan bunyodkorlik qudrati, ma'naviy ma'rifat va bunyodkorlik quvvati ramzini bildiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Zakovat»: bosh mukofotni qozogʻistonlik «Oddiy mehnatkashlar» olib ketishdi