21:21 / 12.01.2023
329

«Avatar-2» 2022 yilning eng kassabop filmi bo‘ldi. Jeyms Kemeron kinofranshizani davom ettirishini aytdi

«Avatar-2» 2022 yilning eng kassabop filmi bo‘ldi. Jeyms Kemeron kinofranshizani davom ettirishini aytdi
Foto: «Pravila jizni»
«Avatar: Suv yo‘li» butun dunyo bo‘ylab 1,52 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va 2022 yilda namoyish etilgan eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi, deb xabar bermoqda «Pravila jizni» nashri.

Dunyoga mashhur rejissyor Jeyms Kemeron kinokartinani davom ettishini tasdiqladi. «Avatar: Suv yo‘li» filmi yuqori natijalarni qayd etishi uchun bor-yo‘g‘i bir necha hafta kerak bo‘ldi. Kinokartina Tom Kruz ishtirokidagi «Top Gan: Meverik» filmini birinchi pog‘onadan pastga tushirdi, ushbu film may oyidagi premerasidan buyon taxminan 1,49 milliard dollar daromad to‘plagan edi.

2009 yilda chiqarilgan «Avatar» filmining birinchi qismi esa barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmi bo‘lib qolmoqda. U kassada rekord darajadagi mablag‘ni, ya’ni 2,9 milliard dollar ishlab topdi.

«Avatar-2» filmining tijoriy muvaffaqiyati Kemeronni franshizani davom ettirishi kerakligiga ishontirdi. Filmning uchinchi qismini suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan, to‘rtinchi va beshinchi qismlarni suratga olish uchun ssenariylar tayyor. Biroq, film direktori yakuniy qarorni qabul qilish uchun loyihalarning foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak edi.

«Kassadagi mablag‘ to‘plash tezligini inobatga olsak, film bir necha kundan keyin o‘zini oqlaydi. Qochib qutula olmayman, shekilli, filmning qolgan qismlarni chiqarishga to‘g‘ri keladi»,— deb Kemeronning so‘zlaridan keltiradi The Hollywood Reporter nashri.

Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, franshizaning qolgan qismlari ustida ishlash taxminan olti-yetti yil davom etadi. Rejissyorning ta’kidlashicha, so‘nggi qismlar butun filmlar turkumidagi eng yaxshilari bo‘ladi, birinchi qismlar esa shunchaki «kirish» edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar-2» 2022 yilning eng kassabop filmi bo‘ldi. Jeyms Kemeron kinofranshizani davom ettirishini aytdi