«Maykl» filmi tarixdagi eng daromadli filmga aylandi

1 daqiqa o'qish1.6K
«Maykl» filmi tarixdagi eng daromadli filmga aylandi

Rejissyor Antuan Fukua suratga olgan «Maykl» filmi jahon prokatida 977 million dollar daromad yig‘ib, tarixdagi eng kassabop biografik filmga aylandi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kartina AQSH kinoteatrlarida 370,2 million dollar, xalqaro prokatda esa 607 million dollar ishlab topgan. Shu tariqa film Kristofer Nolanning «Oppengeymer» filmi (975 million dollar) hamda «Bohem rapsodiyasi» (911 million dollar) natijasini ortda qoldirdi.

Filmda pop-musiqa qiroli Maykl Jekson obrazini uning jiyani Jafar Jekson gavdalantirgan. Kinotanqidchilarning ta’kidlashicha, kartina san’atkor hayotidagi eng bahsli voqealarga to‘xtalmagan. Buning o‘rniga ijodkorlar tomoshabinlar e’tiborini konsert sahnalari, mashhur chiqishlar rekonstruksiyasi va musiqiy nomerlarga qaratgan.

«Maykl» filmi afsonaviy xonandaning bolaligi va yoshlik davri, aka-ukalari hamda qattiqqo‘l otasi Jo Jekson bilan munosabatlari, The Jackson 5 guruhi tarkibidagi faoliyati va yakkaxon ijodining boshlanishini hikoya qiladi.

Shuningdek, kartinada Maykl Jeksonning jahon musiqa sahnasiga qanday ko‘tarilgani, mashhur xit qo‘shiqlarini yaratgani va «Billie Jean» qo‘shig‘ini ijro etish chog‘ida ilk bor afsonaviy «Oyda yurish» (Moonwalk) raqs harakatini namoyish etgani ham tasvirlangan. Filmda Juliano Valdi, Nia Long, Maylz Teller, Keylin Darrel Jons va Lora Herriyer ham rol ijro etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?