22:14 / 07.04.2024
204

Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video)

Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video)
Foto: iXBT
Ishonish qiyin, ammo rost — ajoyib filmlari bilan qalblarni zabt etgan, jang san’atiga yumorni olib kirgan Jeki Chan bugun 70 yoshini qarshiladi.

1954 yilning 7 aprelida Gonkongda, kambag‘al oilada tug‘ilgan, o‘z iste’dodi, qat’iyati va metin irodasi bilan jahon miqyosiga chiqa olgan buyuk shaxs.

Jeki Chan (asl ismi Chjan Konsan) jang san’atiga komediya bilan birga o‘ziga xos akrobatik uslub olib kirdiki, unda quroldan boshqa hamma narsa ishlatiladi. 100 dan ziyod filmlarni suratga olgan va bosh rolni o‘zi o‘ynagan. Ko‘plab filmlaridagi qo‘shiqlarni o‘zi ijro etgan, har tomonlama serqirra iste’dod.

Ekranda jang san’ati bilan tomoshabinni hayratda qoldirgan Jeki Chan hayotda o‘ta kamtarin inson deyishadi. Kinosan’atiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan.

Quyidagi qiziqarli foto+video to‘plam Jeki Channing 1 dan 69 yoshgacha hayot yo‘li haqida:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video)