Hindistonda ko‘cha san’atkorlari noodatiy tomoshalar namoyish etmoqda (video)

Hindistonda ko‘cha san’atkorlari noodatiy tomoshalar namoyish etmoqda (video)

Hindistonda ko‘cha san’atkorlari tomoshabinlar e’tiborini jalb qilish uchun jismoniy kuch va chidamlilikka asoslangan turli noodatiy chiqishlarni namoyish etmoqda.

Shunday tomoshalardan birida ikki san’atkor ishtirok etib, murakkab akrobatik harakatlarni bajaradi. Videoda san’atkorlardan biri ma’lum og‘irlikdagi jismni tepaga ko‘tarib sherigining ko‘kragi ustiga tashlab yuborgani aks etgan.

Bunday chiqishlar ko‘cha tomoshalarining o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ijrochilar tomoshabinlardan tushadigan mablag‘ evaziga daromad oladi. Hindistonda ko‘cha san’atkorlari musiqiy chiqishlardan tortib, akrobatik va boshqa tomoshalargacha bo‘lgan turli ko‘ngilochar dasturlarni namoyish etib keladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar