Bokuda Jeki Channing xavfli tryuklari aks etgan videolar tarqaldi

Bokuda Jeki Channing xavfli tryuklari  aks etgan videolar tarqaldi

Ozarbayjon poytaxti Boku Jeki Chan bosh rolni ijro etayotgan “Xudolar qurol-aslahasi 4: Ultimatum” filmi suratga olingan lokatsiyalardan biriga aylandi. Kartinaning Ozarbayjondagi suratga olish ishlari 17 avgust kuni yakunlangan.

Filmning Boku sahnalaridan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Ayniqsa, 72 yoshli Jeki Channing kaskadyorlik sahnalarida ishtirok etayotgani aks etgan lavhalar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, aktyor kaskadyorlik sahnalaridan birini suratga olish vaqtida qo‘lidan jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Jeki Chan qo‘lini ushlab, og‘riq sezayotgani ko‘rinadi. Shunga qaramay, jarohat suratga olish jarayonini to‘xtatishga sabab bo‘lmagan.

“Xudolar qurol-aslahasi 4: Ultimatum” mashhur “Armour of God” franshizasining navbatdagi qismi bo‘lib, Jeki Chan unda yana afsonaviy sarguzashtchi — “Osiyo lochini” obraziga qaytadi. Filmning asosiy suratga olish ishlari Qozog‘istonda olib borilgan, Boku esa loyihaning muhim lokatsiyalaridan biri bo‘lgan.

Bokuda suratga olish jarayoniga 200 nafardan ortiq mahalliy mutaxassis va o‘nlab kompaniyalar jalb qilingan. Filmning premerasi 2027 yilda kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar