13:14 / 16.07.2024
42

Qozog‘istonlik xonanda Dimash Xudaybergen Jeki Chan qatnashgan filmga saundtrek ijro etdi (video)

Qozog‘istonlik xonanda Dimash Xudaybergen Jeki Chan qatnashgan filmga saundtrek ijro etdi (video)
Foto: Instagram
Qozog‘istonlik xonanda Dimash Xudaybergen Jeki Chan ishtirokidagi yangi “Afsona” filmi uchun “This Love” saundtrekini ijro etdi, deya xabar berdi “Press.kz” nashri.

Filmning oxirgi daqiqalarida Dimash Xudaybergen ijrosidagi “Bu sevgi” qo‘shig‘i yangraydi. Trek premerasi 5 iyul kuni musiqiy platformalarda bo‘lib o‘tdi.

Fentezi film arxeolog (Jeki) va uning shogirdlari orzular olami va reallik o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiluvchi artefaktni qanday izlab topishi haqida hikoya qiladi. Muzlikni qazish vaqtida topilgan qoldiqlar arxeolog tushlaridan birida ko‘rgan nefrit tumorga juda o‘xshashligini payqaydi, deya ma’lumot berilgan xonandaning rasmiy saytida.

Foto: “Qazaqpress.kz”
Qo‘shiq kompozitori “Oskar” mukofotining musiqa yo‘nalishidagi hakam Neytan Vang bo‘lib, u Jeki Chan bilan ko‘p yillar davomida birgalikda ishlagan. Ushbu trek Neytan Vang va Dimash Xudaybergen hamkorligidagi uchinchi loyihadir.

Foto: “Sputnik.kz”
Ma’lumot uchun: Dimash Xudaybergen Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, bastakor va bir nechta musiqiy asboblarni professional chaluvchi xonanda. U 1994 yil 24 mayda Aqto‘be shahrida tug‘ilgan. Dimash birinchi marta 2 yoshida sahnaga chiqqan va spektaklda kichik rol ijro qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qozog‘istonlik xonanda Dimash Xudaybergen Jeki Chan qatnashgan filmga saundtrek ijro etdi (video)