14:00 / 14.08.2024
109

Tushkun kayfiyatdan xalos bo‘lishga yordam beradigan uchta film

Tushkun kayfiyatdan xalos bo‘lishga yordam beradigan uchta film
Ba’zan o‘tayotgan kunlarimiz bizga ma’nosizdek tuyuladi va bunday holatda ko‘pchilik chuqur depressiyaga tushib qoladi. Atrofimizdagi salbiy voqealar va insonlar ta’siri tufayli hayotimiz mazmunsiz va avvalgi holatimizga qaytishning iloji yo‘qdek ko‘rinadi. Kino.24.tv bunday vaqtda dalda bo‘ladigan, dunyoda ezgulik borligiga qayta ishontiradigan hamda oldinga intilishga kuch bag‘ishlaydigan eng yaxshi filmlarni havola etdi.

Foto: Dzen
“Janob ha” (2008)

Film Karl ismli inson haqida bo‘lib, u boshqalar bilan imkon qadar kamroq muloqot qilish uchun uyda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radigan introvert bo‘ladi. Bosh qahramonning hayoti ma’nosiz va kunlari bir xil tarzda o‘tadi. Ammo Karl tasodifan noodatiy bir seminarga tushib qoladi. U yerda u nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, barcha ishga va insonlarga “ha” deyish kerakligi aytiladi. Bunga amal qilgan Karl ishida yangi lavozimga ega bo‘ladi, sevimli mashg‘ulotini topadi va hatto go‘zal qizga ko‘ngil qo‘yadi.

“Hammasi har joyda va birdaniga” (2022)

Evelin Vong Amerika kir yuvish markazini ochadi, ammo uning biznesi yaxshi daromad keltirmaydi. Bir vaqtning o‘zida ayolning soliq to‘lovlari bilan muammo yuzaga keladi, farzandining tarbiyasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi hamda otasi bilan munosabatlarida qiyinchiliklarga duch keladi. Buning ustiga, Evelin turmush o‘rtog‘idan ajrashadi. Bir vaqtda boshiga turli xil ofatlar kelgan Evelin to‘satdan o‘zida noodatiy kuchni kashf etadi va hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishga bel bog‘laydi.

“Mo‘jiza” (2017)

Avgust Pulman yoki Oggi ismli bolakay Nyu Yorkning Bruklin shahrida yashaydi. Uning fikrlashi va aqliy qobiliyati barcha oddiy bolalarniki singari bo‘lsa-da, kamyob genetik kasallik tufayli o‘rta maktabga bormaydi. Oggi eshitish va barcha singari ko‘ra olishi uchun yuzida bir necha bor operatsiyalarni o‘tkazgan bo‘ladi. 5-sinfgacha uyda ta’lim olgan Oggini ota-onasi o‘rta maktabga berishga qaror qiladi va bola o‘z tarbiyasi, xulqi hamda yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tushkun kayfiyatdan xalos bo‘lishga yordam beradigan uchta film