AQShda xorijiy filmlarga qiziqish ko‘pincha til to‘sig‘i sabab cheklangan. Los-Anjelesdagi XYZ Films yaqinda shved filmi Watch the Skiesni ingliz tiliga sun’iy intellekt yordamida dublyaj qilib, 110 ta AMC kinoteatrida namoyish etdi.
Dublyajda Londonda joylashgan Flawless kompaniyasining DeepEditor dasturi ishlatildi. U aktyorlarning lab va mimikalarini yangi tilga moslab o‘zgartiradi. Natijada tomoshabin ularni asl tilida gapirayotgandek ko‘radi va xarajatlar an’anaviy usulga qaraganda o‘n barobargacha kamayadi.
Flawless asoschisi Skott Mann, odatiy dublyaj filmlarning tabiiyligini yo‘qotishini aytadi. DeepEditor esa aktyorning hissiyotini saqlagan holda boshqa tilda gapirayotgandek ko‘rsatadi hamda yangi dialoglarni ham tabiiy uyg‘unlashtira oladi.
Biroq, ayrim mutaxassislar texnologiya madaniy xilma-xillikka putur yetkazishi mumkinligidan xavotirda. Yel universiteti professori Neta Aleksandr, subtitrlarning yo‘qolishi eshitishida muammosi bo‘lganlar va til o‘rganuvchilar uchun qiyin bo‘lishini ta’kidladi.
Shunga qaramay, mutaxassislar bu texnologiya film bozorini kengaytirishiga ishonadi. Taxminlarga ko‘ra, dublyaj bozori 2024-yildagi 4 milliard dollardan 2033-yilga kelib 7,6 milliard dollarga yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar