Klopp Real bilan muzokarada bir qator shartlarni qo'ydi

Dortmundning “Borussiya”si va “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning “Real” klubiga kelish ehtimoli fonida o'z talablarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq “qaymoqranglilar” germaniyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilishga tayyor ekani, Klopp esa bu variantni ko'rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Topskills Sports UK manbasiga ko'ra, Klopp “Real” rahbariyatiga kadrlar siyosati bo'yicha aniq pozitsiyasini darhol yetkazgan. Uning fikricha, tarkibga ikki nafar markaziy himoyachi, ikki nafar yarim himoyachi zarur, shuningdek, hujumchi Endrikni jamoaga qaytarish masalasi ham kun tartibida bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, Klopp Jude Bellingem va Eduardo Kamavinga bilan xayrlashishni ham istayotgani aytilmoqda.
Manbaga ko'ra, murabbiy klub bilan ehtimoliy hamkorlikdan oldin shartlarini ochiq aytib qo'yishni muhim deb hisoblagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!