date

Ronaldu 7,5 million dollarga yangi biznes loyihasi ochdi

Ronaldu 7,5 million dollarga yangi biznes loyihasi ochdi

Dunyo futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasidagi yuqori maoshiga qaramay, yana bir yangi biznes loyihasini ilgari surdi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi 7,5 million dollarlik investitsiya kiritish orqali zamonaviy avlod raqamli, shaxsiylashtirilgan sog‘liq va farovonlik operatsion tizimi Pro2col Software faoliyatida ishtirok etmoqda.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Ronaldu Herbalife kompaniyasiga tegishli HBL Pro2col Software sho‘ba korxonasi aksiyalarining 10 foizini sotib oldi.

Pro2col tizimi Herbalife distribyutorlariga mijozlar bilan samarali ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun vositalar hamda tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi. Bu esa shaxsiylashtirilgan ovqatlanish va sog‘lomlashtirish xizmatlarini kengroq auditoriyaga yetkazish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, Ronaldu Herbalife bilan 2013 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda va bu yangi investitsiya uning sog‘liq va farovonlik sohasidagi faolligini yanada mustahkamlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ronaldu 7,5 million dollarga yangi biznes loyihasi ochdi