date

Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivit haqida kutilmagan fakt!

Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivit haqida kutilmagan fakt!

Turkiyaning eng badavlat va mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit intervyulardan birida shaxsiy hayotiga oid qiziq ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, u 20-yildan beri sochini o‘zi kaltalatib, o‘zi tartibga solib keladi.

Aktyor hatto ayrim filmlar uchun sochini ataylab o‘stirgani, suratga olish ishlari yakunlanganidan so‘ng esa mashinka yordamida o‘zi olib tashlaganini ta’kidladi. Bu holat ko‘plab muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Intervyu davomida boshlovchi ham hayratini yashirmadi. “Hozirda mashhurlarning deyarli barchasining shaxsiy stilist va sartaroshlari bor. Sochingiz juda ham ideal holatda turibdi”, — dedi u.

Burak O‘zchivit esa buni oddiy odat sifatida qabul qilishini, tashqi ko‘rinishini o‘zi nazorat qilishni afzal bilishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivit haqida kutilmagan fakt!