date

Ozoda Nursaidovadan kutilgan premyera: “Qaynona” qisqa fursatda e’tibor qozondi (video)

Ozoda Nursaidovadan kutilgan premyera: “Qaynona” qisqa fursatda e’tibor qozondi (video)

Mashhur xonanda Ozoda Nursaidova navbatdagi yangi qo‘shig‘ini bugun soat 19:00 da YouTube'da rasman premyera qildi. Yangi tarona "Qaynona" deb nomlanadi.

Qo‘shiq joylanganiga bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lishiga qaramasdan, u qisqa vaqt ichida 7 mingdan ortiq tomosha yig‘ishga ulgurdi hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamaga sabab bo‘ldi. Tinglovchilar izohlarda taronaning mazmuni, ohangi va ijro uslubini yuqori baholab, uni iliq va samimiy qo‘shiq sifatida qabul qilishmoqda.

Shuningdek, muxlislar xonandaga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, kelgusi ishlari ham xuddi shu tarzda omadli bo‘lishini istab qolishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidovadan kutilgan premyera: “Qaynona” qisqa fursatda e’tibor qozondi (video)