Aktrisa Sitora Abdurahmonova mish-mishlarga oydinlik kiritdi, haqiqatni aytdi

Aktrisa Sitora Abdurahmonova “Yashintv” ko‘rsatuvida bergan suhbatida turmushga chiqib ajralgani hamda farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Boshlovchi undan: “Siz turmushdan ajraganingiz va qizingiz borligi haqida yozishmoqda. Bu gaplar qanchalik rost?” deya so‘radi.
Sitora esa bu savolga ochiq va aniq javob berdi: “Qizim yo‘q. Turmushga chiqqanim rost, lekin oilaviy hayotim o‘xshamagan. 2022 yilda turmush qurganman va atigi uch oy birga yashaganmiz. Bir-birimizga mos kelmadik, dunyoqarashimiz ham to‘g‘ri kelmadi. Rostini aytsam, boshida ota-onamga ham bu mening odamim emasligini, bu inson bilan kelajagimni tasavvur qila olmasligimni aytganman. Ammo sen 23 yoshdasan, turmush qurishing, oilang bo‘lishi kerak, degan gaplar ham bo‘lgan”, dedi aktrisa.
Suhbat davomida boshlovchi yana bir bor aniqlik kiritib, turmush qurish jarayoni sovchilik orqali bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘radi. Sitora esa: “Ha, keyinchalik rozi bo‘lganman. Hammasi sovchilik orqali bo‘lgan”, deya qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda ko‘plab tomoshabinlar aktrisani mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagulga o‘xshatishadi. Sitora jamoatchilik orasida, xususan, "Rangsiz gullar" serialida Shabnam obrazi orqali keng tanilgan.
