date

Muxlislar intiqlik bilan kutgan premyera: Dilnozdan “Dilbarim edingku”

Muxlislar intiqlik bilan kutgan premyera: Dilnozdan “Dilbarim edingku”

Xonanda Dilnoz muxlislari uzoq kutgan navbatdagi yangi taronasini tez kunlarda taqdim etadi. Yangi qo‘shiq “Dilbarim edingku” deb nomlanib, tinglovchilarga chuqur ma’no va samimiy tuyg‘ularni ulashishi bilan e’tiborni tortmoqda.

San’atkor ushbu kutilayotgan premyera haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qilib, qo‘shiq ustida jamoasi bilan birga katta ishtiyoq va mas’uliyat bilan ishlanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Dilbarim edingku” taronasi sevgi, sog‘inch va yurakka yaqin kechinmalarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, muxlislar qalbidan joy olishiga ishonch bildirilmoqda.

Mazkur yangilik Dilnozning muxlislari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Izohlarda ko‘plab obunachilar qo‘shiqning tezroq premyera qilinishini sabrsizlik bilan kutishayotganini yozib, xonandaga omad va yangi ijodiy zafarlar tilashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Muxlislar intiqlik bilan kutgan premyera: Dilnozdan “Dilbarim edingku”