date

Ulug'bek Yo'lchiyev va Jasur Umirov kuylagan duet nega premyera qilinmadi?

Ulug'bek Yo'lchiyev va Jasur Umirov kuylagan duet nega premyera qilinmadi?

“Omon-omon” dasturining navbatdagi sonida bir necha xit qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Ulug‘bek Yo‘lchiyev mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida san’atkordan avval kuylangan, ammo premyera qilinmagan duet haqida so‘raldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘bek Yo‘lchiyev Jasur Umirovning konsertida u bilan duet ijro etgan. Qo‘shiq yozib olingan bo‘lsa-da, yakunda premyera qilinmagan va ayrim lavhalar kesib tashlangan.

Xonandaning aytishicha, ushbu vaziyat kichik tushunmovchilik sabab yuzaga kelgan. “To‘g‘ri, ochiqchasiga ayta qolamiz. Jasur Umirovning konsertida duet kuylaganmiz, ovozlar ham yozilgan. Shunda Jasur Umirov mening rasmimni so‘ragan, yoqsa chiqaramiz degan. Men hazil tariqasida senga yoqmay qo‘ya qolsin rasmim, deganman. Bo‘ldi, shundan keyin gaplashmaganmiz ham”, deya izoh berdi Ulug‘bek Yo‘lchiyev.

San’atkorning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar esa ikki xonandaning hamkorligi baribir bir kun kelib rasman taqdim etilishiga umid bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug'bek Yo'lchiyev va Jasur Umirov kuylagan duet nega premyera qilinmadi?