date

Xonanda Manzura 48 yoshini butunlay noodatiy tarzda kutib oldi

Xonanda Manzura 48 yoshini butunlay noodatiy tarzda kutib oldi

Xonanda Manzura 21 fevral kuni 48 yoshni qarshi oldi. San’atkor ushbu quvonchli sanani oilasi, turmush o‘rtog‘i va yaqin do‘stlari davrasida nishonladi.

Bayram kechasidan videolavhalar xonandaning Instagram sahifasida e’lon qilindi. Qisqa vaqt ichida ushbu lavhalar muxlislar e’tiborini tortdi.

Manzura izohlardan birida shunday deb yozdi: "Ajoyib kecha... Podshoim, O‘zbekistonimda yaqinlarim davrasida shukrona kunimni o‘tkazdik. Dildoraning talabiga binoan “Kelin salom”ni Munojatjon ijrosida".

Bayram muhiti milliy an’analar va samimiy lahzalar bilan bezatilgani ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog‘liq-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Manzura 48 yoshini butunlay noodatiy tarzda kutib oldi