date

Ozoda Nursaidova nega qo‘shiqlari asosida suratga olingan filmda kichik epizodda rol o‘ynadi?

Ozoda Nursaidova nega qo‘shiqlari asosida suratga olingan filmda kichik epizodda rol o‘ynadi?

Xonanda Ozoda Nursaidovaning 2002 yilda kuylangan "Bemor qiz nolasi" hamda 2006 yilda ijro etilgan "Kechagimas 2" taronalari asosida film uchun ssenariy yozilgan. Dastlab ushbu filmning bosh roliga aynan Ozoda Nursaidovaning o‘zi taklif etilgan.

Biroq xonanda kinoda rol o‘ynamasligini, har kim o‘z sohasida ishlagani ma’qul deb hisoblashini bildirgan. U bergan intervyularidan birida: «Nega kinoda rol o‘ynamaysiz?» degan savolga, inson o‘z kasbini sidqidildan qilgani to‘g‘riroq bo‘lishini aytib o‘tgan.

Shuningdek, Ozoda Nursaidova bir paytlar ko‘plab filmlarga bosh rol uchun takliflar bo‘lganini, ammo ularning barchasini rad etganini ham ma’lum qilgan.

Biroq mazkur film ssenariysi juda ta’sirli chiqqani sababli xonanda bu safar istisno tariqasida kichik epizodda ishtirok etishga rozi bo‘lgan. U bunga bir yildan so‘ng, qanday qilib rozilik bildirganini ham ochiqladi:

«Rejissyor: “Bu filmga tushmasangiz bo‘lmaydi. Chunki film ssenariysi aynan shu qo‘shiqdan kelib chiqqan. Bizga voqealar rivoji, syujet g‘oyasi aynan qo‘shiqdagi mazmun turtki bo‘ldi. Shundan keyin ssenariy yozdim. Shuning uchun iltimos, hech bo‘lmaganda kichkinagina rol o‘ynab bering”, deb tushuntirdi. Men ham buni tushundim va rozi bo‘ldim. Film menga juda yoqdi, hatto ko‘rib yig‘ladim», — deya izoh berdi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova nega qo‘shiqlari asosida suratga olingan filmda kichik epizodda rol o‘ynadi?