date

Jim Kerri Fransiyaning faxriy “Sezar” mukofotini qabul qildi

Jim Kerri Fransiyaning faxriy “Sezar” mukofotini qabul qildi

Amerikalik aktyor Jim Kerri Fransiya milliy kino mukofoti — faxriy “Sezar” bilan taqdirlandi. Mukofotni unga “Eternal Sunshine of the Spotless Mind” filmida birga ishlagan rejissyor Mishel Gondri topshirdi.

Ma’lum qilinishicha, Kerri minnatdorlik nutqini fransuzcha talaffuzda bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bobosining katta bobosi Mark-Fransua Kerri Fransiyaning Sen-Malo portidan Kanadaga ko‘chib o‘tgan, o‘zi esa keyinchalik Los-Anjelesga yo‘l olgan.

“Men bilgan eng kulgili inson — otam Persi Jozef Kerriga rahmat. U menga muhabbat, saxovat va kulgini qadrlashni o‘rgatdi. Agar omad sizga kulib boqishini istasangiz, avval o‘zingiz unga kuling. Bu oson emas, lekin harakat qilish kerak. Bu lahzani umrbod eslab qolaman. Men unga doim kulib boqaman. Hayotim — jannat”, dedi aktyor.

Avval faxriy “Sezar” mukofoti Juliya Roberts, Kristofer Nolan, Devid Fincher, Keyt Blanshett, Robert Redford, Penelopa Krus, Jorj Kluni kabi kino san’ati vakillariga topshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jim Kerri Fransiyaning faxriy “Sezar” mukofotini qabul qildi