“Nega meni Fotima-Zuhra qilib tug‘magansiz?” — Shahzoda Muhammedovaning onasi qizining gaplarini esladi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning onasi Gulmira Muhammedova qizi bir paytlar ko‘p kasblarga ulgura olmaganidan norozi bo‘lib, «Nega meni Fotima-Zuhra qilib tug‘magansiz?» deya hazil aralash onasidan so‘raganini esladi.
- Gulmira Muhammedova qizi yo‘qligida uning o‘rniga xalqaro moda namoyishlarida dizayner, rahbar va model sifatida qatnashgan, shuningdek, jurnalistlarga intervyu bergan.
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning onasi Gulmira Muhammedova «Xop bo‘ladi» podkastida qizining faoliyati bilan bog‘liq qiziq voqealarni esladi.
Gulmira Muhammedovaning aytishicha, Shahzoda bir paytlar bir nechta kasbni bir vaqtning o‘zida olib borish qiyinligini aytib, onasidan «Nega meni Fotima-Zuhra qilib tug‘magansiz?» deya hazil aralash norozi bo‘lgan.
«Shahzodaning kasbi shunchalik ko‘p ediki, u nuqul mendan norozi bo‘lardi. “Nega meni Fotima-Zuhra qilib tug‘magansiz? Shuncha kasbim ko‘pligidan hammasiga ulgura olmayapman”, derdi.
Fotima suratga olishga ketsa, Zuhra atelyeda mijoz qabul qilardi. Yoki bezaklarini qilib, rasmini chizib, yangi modalar yaratib, tikardi. Yoki jurnalistga borib, Zuhra intervyu berib tursa, Fotima boshqa ishlarni qilib turardi. Qaysi biriga ulgurishni bilmayman», — deganda men unga bitta gapni aytganman.
“Shukr qil, sen Fotima va Zuhra bo‘lib tug‘ilmagan bo‘lsang ham, senda uchta qizning kuchi bor. Men esa senga Fotima-Zuhra bo‘lib yoningda yuribman-ku”, deganman», — deya eslaydi Gulmira Muhammedova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shahzoda Samarqandga to‘y xizmatiga yoki boshlovchilikka ketgan paytlarda o‘zi ham qizining ishlarini bajarib turgan. Jumladan, xalqaro moda namoyishlarida dizayner, rahbar va model sifatida qatnashgan.
«Shahzoda Samarqandga to‘yga xizmatga, boshlovchilikka ketardi. Men esa xalqaro moda namoyishlarida sahnaga chiqardim. Dizayner bo‘lib ham, rahbar bo‘lib ham, model bo‘lib ham qatnashardim. Go‘yo ikkiga bo‘linib olgandik», — deydi u.
Gulmira Muhammedova Shahzodaning ishlarini yaxshi bilgani sababli, qizi yo‘q paytlarda uning o‘rniga jurnalistlarga intervyu berganini ham aytdi.
«Shahzoda atelyesida nozik mijozlarini chaqirib qo‘ygan bo‘lsa, jurnalistga intervyu berishga uning o‘rniga men borardim. Shahzodaning prodyuseri, administratori, rahbari va onasi sifatida barcha ishlarini olib borganman. Uning ishi, sohasi va nimalar haqida gapirishi kerakligini yaxshi bilardim. Shu sababli uning o‘rniga intervyuga men borardim. Ba’zan jurnalistlarning o‘zlari ham kelishardi, Shahzoda ishxonada bo‘lmagan paytlarda intervyuni men berardim», — deya gapirib berdi Gulmira Muhammedova.






























Izohlar 0
…