date

Davron Ergashev: «San’atkorlar ham soliq to‘lashi kerak» (video)

Davron Ergashev: «San’atkorlar ham soliq to‘lashi kerak» (video)

Xonanda Davron Ergashev san’atkorlarning daromadi va soliq masalasiga munosabat bildirib, bu borada imtiyozli yondashuv bo‘lishi kerak emasligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, san’atkorlar ham to‘ylarda va turli tadbirlarda yaxshi daromad topadi va buni yashirishning hojati yo‘q.

«15–20 minut bir to‘yga kirib chiqamiz, aytgan pulimizini berishadi. Odamlar esa bir oy ishlab 500–600 dollar topadi. Nega endi biz soliq to‘lamasligimiz kerak?» dedi xonanda.

Davron Ergashev, shuningdek, bozorchilar, savdogarlar va boshqa mehnat qilayotgan fuqarolar soliq to‘layotgan bir paytda san’atkorlar ham bundan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Ergashev: «San’atkorlar ham soliq to‘lashi kerak» (video)