Vazira Yunusova vaynlarda ko‘rinayotganining sababini aytdi: “Vaynda pul ko‘proq” (video)

Aktrisa Vazira Yunusova "Daryo Lifestyle” kanaliga bergan intervyusida nega vaynlar, xususan, reklama integratsiyasi mavjud videolarda suratga tushayotgani haqida gapirdi. U vayn orqali topadigan daromadi teatrda oladigan maoshidan ko‘proq ekanini ochiq aytdi.
Aktrisaga teatr maoshi kamligi sabab vaynlarda suratga tushayotganimi yoki bu bugungi kun talabi bo‘lib qolganmi, degan savol berildi.
“Rostini aytadigan bo‘lsam, teatrda oylik unchalik ko‘p ham emas, kam ham emas — o‘rtacha. Hozir yoshi katta san’atkorlar ham sekin-sekin vaynlar orqali ko‘rina boshlayapti.
Men asosan vaynning o‘zida shunchaki rol ijro etib yurmayman. Ko‘proq reklama bor vaynlar uchun suratga tushaman. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, asosan reklama integratsiyasi bo‘lgan videolarda ishtirok etaman.
Oldin ham mashhur san’atkorlar reklamalarga taklif qilingan. Faqat o‘sha reklamalar televideniyeda namoyish etilgan. Hozir esa zamon o‘zgardi, reklama vaynlar orqali ham tarqalyapti. Bu ham xuddi shunday”, — dedi Vazira Yunusova.
Aktrisadan teatrda bir oyda oladigan maoshi bilan vayn uchun oladigan gonorari o‘rtasidagi farq haqida ham so‘raldi.
“Farqi katta. Vayn uchun olinadigan pul ko‘proq. Chunki men ham bola-chaqa boqishim, to‘lovlar to‘lashim kerak. Mashina olish, uy olish va boshqa o‘ziga yarasha xarajatlar bor”, — deya javob berdi aktrisa.






























Izohlar 0
…