date

Merilin Monroga tegishli Mercedes kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Merilin Monroga tegishli Mercedes kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada 1950 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 170 S rusumli avtomobil kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Iconic Auctioneers auksion uyi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu avtomobildan aktrisa Merilin Monro foydalangan.

Avtomobil maksimal tezligi 122 km/soatgacha yetishi mumkin va u hozirgacha saqlanib qolgan urushdan keyingi kam sonli Mercedes'lardan biri hisoblanadi.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 120 000–160 000 funt sterling (taxminan 161 000 – 215 000 AQSH dollari) atrofida baholanmoqda. Bu narx Mercedes 170 S modeli uchun bozordagi o‘rtacha qiymatdan ancha yuqori, biroq avtomobilning Monroga tegishli ekani uning qiymatini sezilarli darajada oshirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil Gretsiya hududida topilgan va uzoq vaqt uning aktrisaga tegishli ekani tasdiqlanmagan. Keyinchalik esa Monro undan foydalanganini ko‘rsatuvchi dalillar — jumladan, aktrisaning ism-familiyasi bosh harflari tushirilgan sumka va sug‘urta hujjati aniqlangan.

Shuningdek, 1956 yilda Merilin Monro Gretsiya bo‘ylab aynan shu modeldagi avtomobilda sayohat qilgani haqida ma’lumotlar bor. Keyinchalik sedan qayta ta’mirlangan. Hozirgi kunda avtomobil original dvigateli bilan yaxshi holatda saqlanib qolgan bo‘lib, uning bosib o‘tgan masofasi taxminan 70 ming kilometrni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Merilin Monroga tegishli Mercedes kimoshdi savdosiga qo‘yildi