Durdona Qurbonova tayyorlagan xachapurisi bilan muxlislarni kuldirdi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziqarli videolari bilan kuzatuvchilar e’tiborini tortmoqda. Bu safar u muxlislarini kuldirgan yana bir videoni e’lon qildi.
Videoda aktrisa Gruziyaning mashhur milliy taomi — xachapurini oshpaz bilan birgalikda tayyorlaydi. Jarayon davomida Durdona hazil tariqasida o‘zi tayyorlagan xachapurini kimoshdi savdosiga qo‘yishini, uning boshlang‘ich narxi esa 5 ming dollar bo‘lishini aytadi.
Video izohida esa aktrisa muxlislariga: "Men tayyorlagan xachapuridan yeb ko‘rasizlarmi?" deya murojaat qilgan.
Taom pishib bo‘lgach, Durdona uni oshxonaga tashrif buyurgan mijozlardan biriga tatib ko‘rish uchun taqdim etadi. Samimiy va hazilomuz ruhda suratga olingan ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi.
Izohlarda kuzatuvchilar aktrisaning tabiiyligi va hazilkashligini e’tirof etib, videoga ko‘plab ijobiy fikrlar qoldirishdi.






























Izohlar 0
…