Elon Musk Grok 4.6 sunʼiy intellekt modelini taqdim etdi

2 daqiqa o'qish108
Elon Musk Grok 4.6 sunʼiy intellekt modelini taqdim etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • SpaceX kompaniyasi Elon Musk taqdimotida Grok 4.6 sun'iy intellekt modelini rasman namoyish etdi.
  • Gavin Baker va Artificial Analysis ma'lumotlariga ko'ra, model Fable 5 Max bilan deyarli bir xil unumdorlikni ko'rsatib, taxminan 85 foizga arzonroq, uning indeksi 61 ballni tashkil etadi.
  • Grok 4.6 uchun 1 million kirish va chiqish tokenlari narxi mos ravishda 2 va 6 dollar bo'lib, bitta vazifani bajarish qiymati 0,84 dollarga teng.

SpaceX kompaniyasi oʻzining eng yangi sunʼiy intellekt modeli — Grok 4.6 versiyasini rasman namoyish etdi. Taʼsischi Elon Musk yangi tizim intellekt, ishlash tezligi va narx koʻrsatkichlari boʻyicha bozorda mutlaq yetakchiga aylanganini taʼkidlab, uni «obʼyektiv ravishda birinchi raqamli» deb atadi. Mazkur reliz sunʼiy intellekt bozoridagi raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

ixbt.com maʼlumotiga koʻra, taniqli investor Gavin Baker oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Grok 4.6 modeli Fable 5 Max bilan deyarli bir xil unumdorlikni koʻrsatishini, biroq sezilarli darajada — taxminan 85 foizga arzonroqqa tushishini yozgan. Xususan, kirish tokenlari narxi 80 foizga, chiqish tokenlari esa 88 foizga arzonlashgan.

Narx siyosati va mustaqil tahlil

Artificial Analysis mustaqil tahliliy kompaniyasi ham yangi modeldagi keskin oʻsishni tasdiqladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, SpaceXAI tomonidan ishlab chiqilgan Grok 4.6 sunʼiy intellekt indeksi boʻyicha 61 ball toʻplab, GPT-5.6 Sol darajasiga yaqinlashgan hamda arzonroq narxda yuqori samaradorlikni namoyish etgan.

Yangi neyrotarmoqning narxi 1 million kirish va chiqish tokenlari uchun mos ravishda 2 va 6 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Claude Opus 5 modelida bu koʻrsatkich 5 va 25 dollarni, GPT-5.6 Solʼda esa 5 va 30 dollarni tashkil qiladi. Bunda bitta vazifani bajarish qiymati atigi 0,84 dollarga teng.

Evolyutsiya va kelajakdagi rejalar

xAI kompaniyasining ilk chatbot tarixi 2023 yilning noyabridan boshlangan boʻlib, u ChatGPTʼga toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatchi sifatida yaratilgan edi. Oʻshanda model X platformasining real vaqt rezidident maʼlumotlaridan foydalanishi va ochiqroq javoblari bilan ajralib turgandi. Oʻtgan davr mobaynida tizim jiddiy rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil iyul oyida Grok 4 modeli xAI kompaniyasini ilk bor Artificial Analysis reytingining choʻqqisiga olib chiqqan va OpenAI, Google hamda Anthropic kabi gigantlarni ortda qoldirgan edi. 2026 yilning iyulida esa Mixture of Experts arxitekturasiga asoslangan Grok 4.5 versiyasi taqdim etilib, u dasturlashdan tortib ilmiy nashrlargacha boʻlgan keng koʻlamli vazifalarga oʻrgatilgandi.

Kelgusidagi rejalar haqida gapirar ekan, investor Gavin Baker Grok 4.7 modeli yanada yirikroq boʻlishini va uning oldindan oʻqitilish jarayoniga Cursor hamda SpaceX maʼlumotlari kiritilishini maʼlum qildi. Bu esa sunʼiy intellekt imkoniyatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?