Qarzdorlik evaziga qimmatbaho avtotransport xatlandi

1 daqiqa o'qish113
Qarzdorlik evaziga qimmatbaho avtotransport xatlandi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor O.S.dan undiruvchi mikromoliya tashkiloti foydasiga 128 million so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, qarzdorga bu haqda tegishli tartibda ogohlantirish yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha majburiy ijro choralari qo‘llanilgan. Biroq belgilangan muddatlarda qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan belgilangan muddatda qarz to‘lanmagan. Natijada davlat ijrochilari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanilib, qarzdorga tegishli avtotransport vositasi xatlandi hamda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Majburiy ijro byurosi fuqarolarni sud hujjatlari talablarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarishga chaqiradi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?