Ann Xeteuey homiladorligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Ann Xeteuey homiladorligi haqidagi asossiz taxminlarga Instagramdagi videosi orqali javob berdi. 10 avgust kuni u «Soxta soch, haqiqiy dumba» degan qisqa izohni qoldirdi. Aktrisa iyun oyida uchinchi farzandini kutayotganini ma'lum qilgan edi. 43 yoshli Xeteuey bu homiladorlikni o'zi va turmush o'rtog'i Adam Shulman uchun kutilmagan, ammo katta baxt deb atagan.
Gollivud yulduzi Ann Xeteuey Los-Anjelesdagi «Oak Streetning oxiri» filmi premerasida ishtirok etgach, ijtimoiy tarmoqlarda yana muhokamalar markaziga tushdi. Biroq bu safar gap nafaqat uning libosi, balki homiladorlik qomati haqidagi g‘alati taxminlar haqida ham ketdi.
Aktrisaning premeradagi muzdek ko‘k rangdagi plash uslubidagi topi va past belli jinsi shimlaridan iborat obrazi internet foydalanuvchilariga yoqmadi. Ayrimlar uning kiyinish uslubini «yopishqoq» deya tanqid qildi.
Biroq muhokamalar shu bilan to‘xtab qolmadi. Tarmoq foydalanuvchilaridan ba’zilari Xeteueyning homiladorlik qomati haqiqiy emasligi haqida turli taxminlarni ilgari surdi.
Ayrim izohlarda aktrisaning tashqi ko‘rinishiga shubha bildirilib, hatto uning qorni va tanasidagi o‘zgarishlar «soxta» ekani haqida da’volar paydo bo‘ldi. Ba’zilar esa uning qomatini ataylab o‘zgartirganini taxmin qildi.
Ann Xeteuey esa bunday gaplarga uzoq javob bermadi. 10 avgust kuni u Instagram sahifasida «Men bilan tayyorlaning» videosini e’lon qilib, mish-mishlarga o‘ziga xos tarzda nuqta qo‘ydi.

Aktrisa videoga atigi to‘rt so‘zdan iborat javob qoldirdi: «Soxta soch, haqiqiy dumba».
Bu javob ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar aktrisaning asossiz taxminlarga javob qaytarganini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumki, Xeteuey iyun oyida uchinchi farzandini kutayotganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda u oq libosdagi videosini bo‘lishib, qornidagi homiladorlik belgilari ko‘zga tashlanayotganini ko‘rsatgan.
43 yoshida yana ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa avvalroq bu homiladorlikni o‘zi va turmush o‘rtog‘i Adam Shulman uchun kutilmagan, ammo katta baxt ekanini aytgan.
Shunga qaramay, aktrisaning tashqi ko‘rinishi internetda muhokama qilinishi davom etmoqda. Xeteuey esa bu gaplarga jiddiy munosabat bildirish o‘rniga, hazil va qisqa javob orqali o‘z pozitsiyasini ochiq ko‘rsatdi.






























Izohlar 0
…