Astronomlar g‘ayrioddiy yangi kosmik obyektni aniqladi

1 daqiqa o'qish152
Astronomlar g‘ayrioddiy yangi kosmik obyektni aniqladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Astronomlar yulduz kabi yorqin nur taratadigan, biroq energiya xususiyatlari qora tuynuklarga xos bo'lgan MoM-BH-1 * kosmik obyektini aniqladi.
  • Butun Quyosh tizimi hajmiga teng bu obyekt Kit yulduzi turkumida, Yerdan milliardlab yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan va Katta portlashdan taxminan 660 million yil o'tib shakllangan.

Astronomlar yulduz kabi yorqin nur taratadigan, biroq energiya xususiyatlari qora tuynuklarga xos bo‘lgan g‘ayrioddiy kosmik obyektni aniqladi. «Qora tuynuk yulduzi» deb atalgan ushbu obyekt butun Quyosh tizimi hajmiga teng bo‘lib, Yerdan milliardlab yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Bu haqda xalqaro olimlar guruhining Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotida ma’lum qilindi.

Olimlar obyektni NASA'ning James Webb kosmik teleskopi orqali olingan Koinotning ilk davrlariga oid tasvirlarni tahlil qilish jarayonida aniqlagan. MoM-BH-1* deb nomlangan obyekt Kit yulduzi turkumida joylashgan bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, u Katta portlashdan taxminan 660 million yil o‘tib shakllangan.

Dastlab tadqiqotchilar uni ulkan qizil yulduz deb taxmin qilgan. Biroq obyektning nihoyatda yuqori energiya chiqarishi bu taxminga mos kelmagan. Hisob-kitoblar uning ma’lum yulduzlardan 100 milliard martagacha ko‘proq energiya ajratishini ko‘rsatgan.

Kompyuter modellashtirish natijalari esa MoM-BH*-1 oddiy yulduz emasligini ko‘rsatgan. Olimlarning taxminicha, u zich gaz qatlami bilan o‘ralgan qora tuynuk bo‘lib, gazning kuchli nurlanishi obyektni tashqi tomondan yulduzga o‘xshatib ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotchilar uning nuri deyarli to‘liq qizil rangda ekani va ma’lum to‘lqin uzunligidan keyin keskin yo‘qolishini ham aniqlagan. Bu xususiyatlar obyektni boshqa ma’lum kosmik jismlardan ajratib turadi.

Agar tadqiqot natijalari keyingi kuzatuvlarda tasdiqlansa, James Webb teleskopi aniqlagan boshqa ko‘plab sirli «Kichik qizil nuqtalar» ham shunday qora tuynuk yulduzlari bo‘lishi mumkin.

Olimlarning fikricha, bunday obyektlar dastlabki Koinotda galaktikalar shakllanishida muhim rol o‘ynagan va bugungi galaktikalar markazidagi o‘ta ulkan qora tuynuklarning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan bo‘lishi ehtimol.

Yulduz, qora tuynukning akkresion diski va qora tuynukli yulduzning qiyosiy diagrammasi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?