Shaxram G‘iyosov rafiqasining o‘ziga yoqadigan uchta fazilatini aytdi

Shaxram G‘iyosov rafiqasining o‘ziga yoqadigan uchta fazilatini aytdi

Professional bokschi Shaxram G‘iyosov «Darakchi» nashriga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘ining o‘ziga eng yoqadigan uchta fazilati haqida so‘zlab berdi.

«Birinchisi — iymoni kuchli ekanligi. Ikkinchisi — men nima desam ham, “xo‘p” deb turishi. Men o‘sha paytda xato gapiryapmanmi yoki to‘g‘ri gapiryapmanmi, jahlim chiqqan holatda gapiryapmanmi — baribir, avvaliga “xo‘p” deydi. Bir soat o‘tgach esa o‘zi kelib: “Dadasi, bu masalada men haq edim, mana bu joyda esa siz haq edingiz. Lekin nima desangiz ham, sizning gapingiz to‘g‘ri deb jim turdim”, deydi. Shunda men ham o‘zimga kelib, qilgan xatoyim uchun undan kechirim so‘rayman.

Uchinchi fazilati esa — meni juda yaxshi ko‘rishi», — dedi bokschi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar