Avaz Oxunning rafiqasining tug‘ilgan kuniga qilgan romantik syurprizi barchani lol qoldirdi! (video)

Kulgu ustasi Avaz Oxun rafiqasining tug‘ilgan kunida unga unutilmas syurpriz tayyorladi. U xonanda va bloger Ibratbek Azamatov bilan birgalikda «Sevgilim» qo‘shig‘ini ijro etib, rafiqasi va farzandlari yoniga kirib bordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Avaz Oxunning kutilmagan tashrifi aks etgan. Rafiqasi uni ko‘rib hayratda qoladi va xursandligini yashirmaydi.
Ibratbek Azamatov ham ushbu lahzalarni o‘z sahifasida ulashib, Avaz Oxun bilan birgalikda qo‘shiq kuylaganidan mamnunligini bildirdi.
«Juda ham hurmat qilgan akam Avaz Oxunning ayollarini tug‘ilgan kunlarida xizmatda bo‘ldik. “Sevgilim” qo‘shig‘ini birgalikda kuyladik. Menimcha, Avaz akaga qo‘shiq juda yarashdi. Nima deysizlar? To‘liq qo‘shiq YouTube'da!» — deb yozdi u.
Videolar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida iliq kutib olindi. Izohlarda Avaz Oxunning ijrosi maqtalib, oilaga baxt va totuvlik tilaklari bildirilmoqda.































Izohlar 0
…