Feruza Sobitova 10 yil haqida ochiq gapirdi: "Pulning orqasidan yugurib, bolaligini o‘tkazib yuboribman"

1 daqiqa o'qish3.5K
Feruza Sobitova 10 yil haqida ochiq gapirdi: "Pulning orqasidan yugurib, bolaligini o‘tkazib yuboribman"

Aktrisa Feruza Sobitova "Darakchi" nashrining YouTube sahifasiga bergan intervyusida hayotidagi muhim o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi. U tadbirkorlik faoliyati, psixologiyaga qiziqishi, qizlik familiyasiga qaytish rejasi hamda o‘g‘lining tarbiyasi va kelajagi borasidagi qarashlarini ochiq aytdi.

"Qachon shuncha vaqt o‘tib ketdi?"

Aktrisa farzandi dunyoga kelganidan keyingi 10 yil davomida asosan pul topish va ish bilan band bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davrda o‘g‘lining bolalik yillaridagi ayrim lahzalarni o‘tkazib yuborganini keyinchalik anglagan.

"Farzandim kichikligida pulning orqasidan yugurib, uning bolalik yillarini o‘tkazib yuboribman", — dedi Feruza Sobitova.

U farzandi kichik paytida uni enagaga qoldirib, oilani ta’minlash va enaga xarajatlarini qoplash uchun ko‘proq ishlaganini ta’kidladi. Aktrisaning aytishicha, o‘g‘li 10 yoshga to‘lganida vaqtning qanchalik tez o‘tganini chuqurroq his qilgan.

Shundan so‘ng u farzandi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish, onasi va oilasiga ham yetarlicha vaqt ajratish haqida o‘ylay boshlagan. Feruza Sobitovaning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu davrda uning sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelgan. Keyinchalik bu holat uning hayotidagi yo‘nalishlardan birini o‘zgartirib, psixologiyani o‘rganishga kirishishiga sabab bo‘lgan.

Aktrisaning hayotidagi ushbu davr, uning aytishicha, o‘zini va hayotidagi ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqishiga turtki bergan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?