Musavvir Umberto Romanoning 1937 yilgi suratida qo‘lida iPhone'ga juda o‘xshash narsa ushlab o‘tirgan hindu "aniqlandi", deya xabar beradi Kun.uz.
Manbada ta’kidlanishicha, italiyalik musavvir Umberto Romano «Janob Pinchon va Springfild qarorgohi» surati ustidagi ishlarini 1937 yilda yakunlagan. Unda britaniyalik kolonist Uilyam Pinchon tasvirlangan.
Uning yonida esa an’anaviy kiyimdagi hindu iPhone smartfoniga juda o‘xshash narsaga tikilib o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Zamonaviy inson uning qo‘lidagi narsani boshqa biror buyum sifatida qabul qilishi qiyin.
Hinduning yonidagi qo‘llari bog‘liq kishi ham unga qiziqish bilan boqmoqda. Romanoning kartinasidagi qolgan qahramonlar esa hinduning qo‘lidagi buyumga e’tiborsiz holda aks ettirilgan.
Motherboard muharriri Brayan Anderson kartina haqida tarixchi Deniyel Krounning rassom haqidagi maqolasidan ma’lumot olganini aytgan.
Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, rasmda smartfon emas, oddiy ko‘zgu bo‘lishi mumkin. Uning taxminicha, bu asl amerikaliklarning jamiyatdagi yuqori mavqeini bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi