date

O'zbekiston Xitoydan 50 agrodron oladi

O'zbekiston Xitoydan 50 agrodron oladi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev agrar sohasi vakillari bilan uchrashuvda kelasi yilda Xitoydan 50 agrodron keltirilishini ma'lum qildi. Mamlakatning har bir hududida fermerlarga xizmat ko'rsatish uchun kamida ikki mobil dron kompleksi tashkil etiladi.

Shuningdek, dronlarning yuk ko'tarish hajmi 100 kilogrammdan 250 kilogrammgacha oshiriladi, dedi davlat rahbari. "Fermerlarimiz va klasterlarimiz sonining oshib, faoliyatida raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni joriy etayotgani, yuqori hosildorlikka erishayotgani meni quvontiradi", dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyevning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonda yuzlab dronlardan foydalanib, yer uchastkalari va ekinlar monitoringi amalga oshirilgan. Davlat rahbari Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida dronlar markazi tashkil etilganini ham ta'kidladi.

DK News portalining xabar berishicha, Xitoyning DJI kompaniyasi 2025-yil noyabr oyiga qadar xorijga 200 mingdan ortiq agrodron yetkazib bergan. Ushbu dronlar o'simliklarni sug'orish va himoya qilishda, shuningdek, chorvachilik va baliqchilikda ham foydalanilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekiston Xitoydan 50 agrodron oladi